“ENG ULUG‘, ENG AZIZ”

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Badiiy akademiya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi mamlakatimiz mustaqilligining yigirma yetti yilligiga bag‘ishlab “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturining ma’no-mazmuniga muvofiq yaratilgan, davlatimiz va jamiyatimiz qurilishi tizimini takomillashtirish, ayniqsa, xalq bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, inson manfaatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishni yorituvchi, tinchlik-osoyishtalik va xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, tashqi siyosat sohasida barcha uzoq va yaqin davlatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni jadal rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning mazmun-mohiyatini hayotiy misollar orqali ochib beruvchi ijodiy asarlar qabul qilinadi.

“Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

– yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari;

– bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining maqolalari;

– ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatiga olingan veb-saytlar xodimlarining jurnalistik ishlari;

– televideniye va radio ijodkorlarining materiallari;

– tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari;

– kino san’ati asarlari.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

– muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;

– muallifning pasporti nusxasi;

– ish joyidan tavsiyanoma;

– muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.

Tanlovga 2017-yilning 1-avgustidan 2018-yilning 1-avgustigacha bo‘lgan davrda rasman chop etilgan adabiy-badiiy asarlar, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida e’lon qilingan maqolalar, radio va televideniye kanallarida efirga uzatilgan materiallar, namoyish etilgan tasviriy san’at va kino san’ati asarlari joriy yilning 3-avgustigacha qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari Vatanimiz mustaqilligining yigirma yetti yillik bayrami arafasida mukofotlanadilar va ularning ro‘yxati matbuotda e’lon qilinadi.

Ijodiy ishlar “Eng ulug‘, eng aziz” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100129, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi,

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi,

O‘zbekiston “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi.

Telefonlar: 244-12-61; 244-64-61; 244-11-64.

Davlat dasturlari

  • 2018 - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni  qo‘llab-quvvatlash  yili
    2018 - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
  • 2017- Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
    2017- Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

  • 2016 yil - Sog‘lom ona va bola yili
    2016 yil - Sog‘lom ona va bola yili

  • 2015 yil - Keksalarni e'zozlash yili
    2015 yil - Keksalarni e'zozlash yili
  • 2014 yil - Sog'lom bola yili
    2014 yil - Sog'lom bola yili
  • 2013 yil - Obod turmush yili
    2013 yil - Obod turmush yili
  • 2012 yil - Mustahkam oila yili
    2012 yil - Mustahkam oila yili
  • 2011 yil - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
    2011 yil - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
  • 2010 yil - Barkamol avlod yili
    2010 yil - Barkamol avlod yili

Ishonch telefonlari

Joylashuv haritasi