Fototanqid: tutun aholi salomatligiga xavf solmoqda

Tasvirdagi quyuq tutunni ko‘rgan kishi yaqin atrofda korxona yoki zavod joylashgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylashi tayin. Lekin, aslida ham shundaymi? Ko‘kka o‘rlayotgan tutun qayerdan chiqyapti?...

Namangan shahrining Qo‘qon va Dambog‘ ko‘chalari oralig‘ida sobiq Sovpartaktiv shifoxonasi, hozirgi Kardiologiya markazi joylashgan. Ishlatilgan shpris, osma ukol shlanglari, bint, paxta kabi tibbiyot buyumlari ushbu tibbiyot muassasasining o‘zida kuydirilar ekan. Kuydirilgan buyumlar qoldig‘i qurum holida atrofdagi xonadonlarga tarqaladi. Aholi necha yillardan buyon achchiq tutun va qurum zahridan aziyat chekmoqda. 

Mazkur masala bo‘yicha Namangan viloyati sog‘liqni saqlash, sanitariya-epidemiologiya davlat nazorati, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga bir necha bor murojaat qilingan. Ammo, natija yo‘q. 

Hududdagi Farovon mahallasida 4 ming 684, Dambog‘ mahallasida esa 4 ming 570 dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mutasaddilar shuncha aholi salomatligiga beparvo, demoqchi emasmiz. Lekin baribir.... Bu holat qachongacha davom etarkin? Odamlar ana shu oddiy savolga javob kutmoqda. 

1.jpg 
 
2 (1).jpg
 
3.jpg
 
5 (1).jpg
 
8.jpg 

Namangan shahri Dambog‘ ko‘chasi 42 uyda 
yashovchi fuqaro A’zamjon Mamadaliyev.
Manba: Uza.Uz
 

Davlat dasturlari

  • 2018 - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni  qo‘llab-quvvatlash  yili
    2018 - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
  • 2017- Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
    2017- Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

  • 2016 yil - Sog‘lom ona va bola yili
    2016 yil - Sog‘lom ona va bola yili

  • 2015 yil - Keksalarni e'zozlash yili
    2015 yil - Keksalarni e'zozlash yili
  • 2014 yil - Sog'lom bola yili
    2014 yil - Sog'lom bola yili
  • 2013 yil - Obod turmush yili
    2013 yil - Obod turmush yili
  • 2012 yil - Mustahkam oila yili
    2012 yil - Mustahkam oila yili
  • 2011 yil - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
    2011 yil - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
  • 2010 yil - Barkamol avlod yili
    2010 yil - Barkamol avlod yili

Ishonch telefonlari

Joylashuv haritasi