Markaz haqida

Markaz haqida

MARKAZNING MAQSADI

Markazning asosiy maqsadi onalar va perinatal kasallanishini kamaytirish, ilmiy, davolash, profilaktik, targ’ibot tashviqot ishlar majmuini bajaradi. Reproduktiv yoshdagi ayollarni sog‘ligini himoya qilish, qizlar va o‘smirlar sog‘ligini tiklash, tibbiy madaniyatni oshirish, jinsiy tarbiyani tartibga solish, shu bilan jismonan baquvvat va ruhan yetuk, intellektual rivojlangan shaxsni shakllantirish.

MARKAZNING ASOSIY VAZIFALARI

Mintaqaviy xususiyatlardan kelib chiqqan holda onalar va bolalar sog‘ligini himoya qilish, bolalar va o‘smirlar ginekologiyasiga qaratilgan ilmiy tekshirish ishlarini amalga oshirish. 

Sog‘lom avlodni shakllantirish, tibbiy- demografik tekshiruvlarni bajarish.
Joylarda Akusherlik va ginekologik xastaligi mavjud ayollarga o‘z vaqtida sifatli, zamonaviy yordamchi texnologiyani qo‘llash asosida tibbiy yordam ko‘rsatish.
Chaqaloqlar, qizlar va ayollarning sog‘lig‘ini mustahkamlashda fan va texnikani amalda erishgan yutuqlaridan foydalanish.
Tug‘ma nuqsonlarni va irsiy xastaligi mavjud chaqaloqlarni tug‘ilishini olish maqsadida skrining markazi ishini to‘g‘ri yo‘naltirish.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Akusherlik va Ginekologiya Ilmiy Tekshirish Institutining ilmiy va tashkiliy, uslubiy topshiriqlarini o‘zining imkoniyatidan kelib chiqqan holda bajarish.

MARKAZNING HUQUQLARI

Markaz quyidagi huquqlarga ega:
markaz ish sharoitlarini va tashkiliy ishlarini yaxshilashga takliflar kiritish;
Oliy va o‘rta tibbiy umumta’lim muassasalarida klinik baza sifatida kelishilgan holda mu’ruzalar bilan chiqishni uyushtirish;
Aholiga qabul qilingan tartibda pullik xizmat ko‘rsatish;
O‘zining vazifalarini bajarish uchun zarur ma’lumotlarni boshqa tashkilotlardan olish;
Namangan viloyat perinatal markazi ustaviga qarshi bo‘lmagan vakolatlarga ega;

MARKAZ STRUKTURASI

O‘rinlar soni 250 o‘ringa ega 2004 yilda kapital rekonstruktiv ta’mirlangan.
Quyidagi bo‘limlardan iborat:
1. I- Akusherlik bo‘limi – 50 o‘rin
2. II- Akusherlik bo‘limi – 45 o‘rin
3. III- Akusherlik bo‘limi – 40 o‘rin
4. Homiladorlar patalogiyasi bo‘limi – 60 o‘rin
5. Ginekologiya bo‘limi – 40 o‘rin
6. Kattalar reanimatsiyasi – 15 o‘rin
7. Chaqaloqlar reanimatsiyasi – 12 o‘rin
8. Chala tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish bo‘limi – 15 o‘rin
9. Qon quyish bo‘limi
10. Klinik bioximik, bakteriologik laboratoriya bo‘limi.
11. Konsultativ ayollar maslahatxonasi bo‘limi.
12. Viloyat reproduktiv markazi.
13. Fizioterapiya bo‘limi.
14. Shifoxona ichki dorixonasi.
15. Patologik anatomiya bo‘limi gistologik va tsitologik laboratoriyasi bilan.
16. Buxgalteriya bo‘limi.
17. Ma’muriy bo‘lim.

 

Davlat dasturlari

  • 2018 - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni  qo‘llab-quvvatlash  yili
    2018 - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
  • 2017- Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
    2017- Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

  • 2016 yil - Sog‘lom ona va bola yili
    2016 yil - Sog‘lom ona va bola yili

  • 2015 yil - Keksalarni e'zozlash yili
    2015 yil - Keksalarni e'zozlash yili
  • 2014 yil - Sog'lom bola yili
    2014 yil - Sog'lom bola yili
  • 2013 yil - Obod turmush yili
    2013 yil - Obod turmush yili
  • 2012 yil - Mustahkam oila yili
    2012 yil - Mustahkam oila yili
  • 2011 yil - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
    2011 yil - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
  • 2010 yil - Barkamol avlod yili
    2010 yil - Barkamol avlod yili

Ishonch telefonlari

Joylashuv haritasi